Ukraina tinchlikka tayyor – Zelenskiy

Olam

image
Tramp Zelenskiyni yana Oq uyga taklif qiladi (video) north_east

Tramp Zelenskiyni yana Oq uyga taklif qiladi (video)

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning 30 kunlik otashkesim haqidagi taklifi ijobiy ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 11 mart kuni o‘zining kechki videomurojaatida so‘z ochdi.

“AQSH Rossiyani ishontirishi kerak. Shuning uchun biz tayyormiz, agar ruslar rozi bo‘lsa, sulh kuchga kiradi”, dedi Zelenskiy AQSH va Ukraina delegatsiyalarining Saudiya Arabistonidagi uchrashuvi haqida gapirar ekan.

Uchrashuvni ijobiy deb baholar ekan, Zelenskiy uchrashuv davomida tomonlar ko‘plab muhim tafsilotlarni muhokama qilganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya-Ukraina urushida 30 kunlik sulh tuzishni taklif qilgan.

“Ukraina bu taklifni qabul qiladi, biz buni ijobiy deb hisoblaymiz. Biz shunday qadam tashlashga tayyormiz va AQSH Rossiyani ishontirishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.

Zelenskiy agar sulhga erishilsa, 30 kun ichida AQSH va boshqa ittifoqchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi, Ukraina uchun xavfsizlik va barqaror tinchlikni kafolatlash uchun harakat qilinishini ta’kidlagan.

“Ukraina tinchlikka tayyor. Rossiya ham urushni tugatish yoki davom ettirishga tayyorligini ko‘rsatishi kerak”, deya xulosa qildi Prezident.

Eslatib o‘tamiz,  kecha, 11 mart kuni Jidda shahrida AQSH va Ukraina delegatsiyalari muzokara o‘tkazgandi. Muzokaralardan so‘ng Ukraina Prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak agar Rossiya xuddi shunday qadamga rozi bo‘lsa, Ukraina AQSHning 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham Ukrainaning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini Rossiya tomoniga yetkazishlarini va “to‘p endi Rossiya maydonida” ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing