Ukraina Tashqi ishlar vaziri Donbassda qanday holatda urush boshlanishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Fransiyaning “Libération” gazetasiga bergan intervyusida Kiyev Donbassda urush bo‘lishini istamasligini aytdi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

“Biz eskalatsiyani izlamayapmiz, biz ushbu mojaroni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal etishga sodiqmiz”, deydi Ukraina TIV rahbari.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasiga hujum qilish xavfi bo‘lgan taqdirdagina Ukraina Donbassda o‘q uzadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Donbass va Qrimda davom etayotgan tajovuzi sharoitida AQSH Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagandi.

Shundan so‘ng Kreml AQSHning Ukrainani “Rossiya tajovuzidan” himoya qilish rejasiga javob qaytardi.

Fransiya va Germaniya Donbassdagi vaziyatning keskinlashuvidan xavotirga tushdi va “Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini” qo‘llab-quvvatladi.

Keyinchalik Rossiya AQSHni Donbassdagi provokatsion harakatlari oqibatidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing