Ukraina sobiq prezidentini so‘roq qilish boshlandi
Olam
−
24 yanvar 2020
7053Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenko 24 yanvar kuni so‘roq qilinish uchun Davlat tergov byurosiga keldi. Bu haqda 112.ua xabar bermoqda.
Uni byuroga kiraverishda tarafdorlari kutib oldi. Binoni qo‘riqlash kuchaytirildi. Sobiq prezident Minsk kelishuvi jarayonida davlatga xiyonat qilgan yoki qilmagani bo‘yicha so‘roq qilinadi.
21 yanvar kuni Davlat xavfsizlik byurosi markaziy apparati rahbari Oleg Koretskiyning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar bu borada barcha zarur hujjatlarni tayyorlashgan.
Davlat tergov byurosi Petr Poroshenkoga qarshi 13 ta ish ochgan. Ular qatoriga davlatga xiyonat, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish va sud idoralari faoliyatiga aralashish kabi xatti-harakatlar kiradi. Ukraina sobiq prezidenti bu ishlarning aksariyatida guvoh sifatida so‘roq qilinadi. 2019 yilning noyabr oyida siyosatchi ikkita ish bo‘yicha shubha ostiga olingan edi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi