Kitob tumanida 11 tonna kartoshkani yashirishlaridan maqsad nima edi?
Jamiyat
−
01 aprel 2020
11210Og‘ir va sinovli kunlarda bir-birini qo‘llamagan, bir-biriga yelkadosh bo‘lmagan millatni kuchli va qudratli hisoblash mumkinmi? Aslo yo‘q. Jamiyat qanchalik jips va bir bag‘ir bo‘lmasin, uning ichidan chiqadigan marazliklar kezi kelib, hamma yoqni ostin-ustun qilib tashlaydi.
O‘zbekiston bugun sinovli kunlardan o‘tmoqda. Koronavirus sabab davlat, jamiyat va millatning irodasi sinalmoqda. Ammo mana shu tarang va xavotirli vaziyatdan o‘z nafsi yo‘lida foydalanmoqchi, cho‘ntaklarini qappaytirmoqchi bo‘lganlarni kim deb atash mumkin?
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladigan dehqon bozor bor. Mahalliy aholi u yerni “Optom bozor”, deb ataydi. Sababi dehqon bozorining shu qismi doim arzon va sifatli mahsulotlarga to‘la bo‘lgan. Karantin vaqtida aholi o‘rtasida ayrim mahsulotlarga bo‘lgan talabning yuzaga chiqishi tabiiy holat hisoblanadi. Mana shu vaziyatdan unumli foydalanmoqchi, to‘g‘rirog‘i, “kartoshka operatsiyasi”ni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ham bo‘ldi.
Kitob tumani hokimligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tuman bo‘limi, tuman IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ana shunday “ishbilarmon”lar qo‘lga olindi.
Tumanning “Surum” mahallasida yashovchi M.R. Rossiyadan keltirilgan 6 tonna, xuddi shu tumandagi “Sariosiyo” qishlog‘ida yashovchi S.D. 5 tonna kartoshkani yashirincha saqlab turganligi aniqlandi. Ularning maqsadi bozorda yuzaga kelgan taqchillikdan unumli foydalanib, kartoshka narxini oshirib sotish bo‘lgan.
“Nasaf news” saytining ma’lum qilishicha, jami 11 tonna kartoshka mahsuloti tuman dehqon bozoriga keltirilib, 4500 so‘m bahoda aholiga sotilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr