Ukraina Rossiyaning razvedka samolyotini urib tushirdi – OAV 

Olam

image

Kecha, 14 yanvar kuni kechqurun Ukraina harbiy-havo kuchlari Azov dengizi uzra Rossiyaning A-50 razvedka samolyotini urib tushirdi. Bu haqda manbalariga tayanib, mahalliy nashrlar xabar berdi

Ularga ko‘ra, A-50 mahalliy vaqt bilan 21:10–21:15 atrofida Zaporoje viloyatining Kirillovka hududida urilgan, shundan so‘ng samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgan va taktik aviatsiya so‘rovlariga javob berishni to‘xtatgan. Ukraina nashrlarining ta’kidlashicha, Rossiyaning Su-30 samolyoti uchuvchisi noma’lum samolyot yonib qulaganini ko‘rgan.

Shuningdek, Ukraina harbiylari soat 21:00 atrofida Xerson viloyatidagi Strelkovoye hududida 75106-sonli Il-22M11 havo qo‘mondonlik postini urib tushirgan. Olingan zarar tufayli samolyot ekipaji evakuatsiya qilishni so‘rab, tez yordam va o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan. RBK-Ukraina manbasi Anapadagi samolyot uchuvchisi va aerodrom boshqaruvchisi o‘rtasidagi ushlangan suhbatni taqdim etgan, biroq yozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.

Ukraina Oliy Radasi Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Yuriy Misyaginning ma’lum qilishicha, Il-22M Kerch hududiga tusha boshlaganidan so‘ng radarlardan g‘oyib bo‘lgan.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning aytishicha, ukrainalik harbiylar Rossiyaning A-50 va Il-22 samolyotlarini urib tushirgan. 

“Azov mintaqasida mukammal rejalashtirilgan va amalga oshirilgan operatsiya uchun havo kuchlariga rahmat!” deb yozdi u Telegram kanalida.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina A-50 Il-22

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing