Ukraina-Rossiya urushini faqat siz to‘xtata olasiz – Mirziyoyev Trampga

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining rasmiy qarorgohi – Vashington shahridagi Oq uyda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi.

“Hurmatli janob Tramp, biz S5+1 formatidagi yangilangan hamkorlikni qayta faollashtirishdagi sizning shaxsiy hissangizni yuksak qadrlaymiz. Aslida, bugungacha hech bir Amerika prezidenti Markaziy Osiyoga bunday e’tibor va munosabat bilan yondashmagan. Men shaxsan o‘zim va barcha hamkasblarim nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman. Biz sizning tomoningizdan bo‘lgan e’tiborni chin dildan his qildik, bu bizning uchun katta ahamiyatga ega”, dedi Mirziyoyev.

U O‘zbekistonda “Prezident Trampni tinchlik prezidenti” deb aytishlarini ta’kidladi va AQSH yetakchisi jahonning sakkizta mojarosini bartaraf etishda katta ishlar qilganini qayd etdi. 

“Ishonamanki, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni ham faqat siz to‘xtata olasiz. Biz bu borada katta umiddamiz”, dedi Mirziyoyev.

Prezident Donald Tramp raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ukraina-Rossiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing