Ukraina Rossiya deportatsiya qilgan 2 368 bolani vatanga qaytardi
Olam
−
10 iyul 2410 1 daqiqa
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan buyon majburan olib ketilgan 2 368 nafar ukrainalik bola vataniga qaytarildi. Bu haqda Ukraina Adliya vazirligi reyestri ma’lumotlariga tayanib, bolalar huquqlari himoyachisi Katerina Rashevska ma’lum qildi.
Uning aytishicha, joriy yilning 9 iyul holatiga ko‘ra, Rossiya tomonidan noqonuniy deportatsiya qilingan yoki majburan ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan 20 610 nafar ukrainalik bola ro‘yxatga olingan. Shulardan 2 368 nafari Ukrainaga qaytarilgan. Faqat 2026 yilning o‘zida esa 500 nafardan ortiq bola vataniga olib kelingan.
Rashevskaning bildirishicha, Ukraina bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortish ishlarini ham davom ettirmoqda. Hozirgacha 25 kishiga nisbatan gumon e’lon qilingan. Shuningdek, ukrainalik bolalarni mafkuraviy ta’sir ostiga olish bo‘yicha 581 ta, ularni harbiylashtirish bo‘yicha esa 28 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18 iyun holatiga ko‘ra, Rossiya tomonidan olib ketilib, Ukrainaga qaytarilgan bolalar soni 2 274 nafarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya 2022 yildagi urush tufayli Italiyaga evakuatsiya qilingan 300 nafardan ortiq ukrainalik voyaga yetmaganlarning mamlakatiga qaytishiga ruxsat bermayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust