Ukraina rahbariyatida iste’folar tayyorlanmoqda – “Time”

Olam

image

Qishda Ukraina rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidentiga yaqin manbalarga tayanib, “Time” jurnali xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, hukumat vaziri va yuqori martabali generallardan biri ishdan olinadi. Ular "frontdagi sekin siljish", ya’ni yetarli darajada muvaffaqiyatli bo‘lmagan qarshi hujum uchun javobgar bo‘ladilar. Biroq bu odamlarning ismi hozircha ochiqlanmagan.

Qayd etilishicha, Prezident Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarga safaridan keyin "g‘azablangan". Chunki G‘arb urushdan charchaganini ko‘rsatgan. Bir manbaga ko‘ra, Ukraina rahbari ittifoqchilari tomonidan xiyonatga uchraganini his qiladi.

Zelenskiyning o‘zi G‘arbda ko‘pchilik Ukrainadagi harbiy mojaroga allaqachon o‘rganib qolgani va bu eng yomoni ekanini aytgan.

“Urush charchoqlari to‘lqin kabi keladi. Bu AQSHda ham, Yevropada ham seziladi. Endi ular uchun hamma narsa shoudek bo‘lib qoladi va ular uni ketma-ket o‘ninchi marta tomosha qilishni xohlamaydi”, deydi Zelenskiy.

“Zelenskiy Rossiya boshlagan urushni davom ettirish niyatida va sulh masalasi uning jamoasida tabu hisoblanadi”, deb yozadi “Time”. 

Nashr suhbatdoshlari esa Prezidentning yakuniy g‘alabaga ishonishi uning ba’zi maslahatchilarini xavotirga solayotganini aytgan. 

Shuningdek, Zelenskiyning idorasi Rossiya harbiy zarbalari tufayli qishda elektr ta’minotidagi uzilishlar ukrainaliklarning mamlakat hukumatidan noroziligiga sabab bo‘lishidan xavotirda. Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, agar o‘tgan qishda ukrainaliklar buning uchun Rossiya qo‘shinlarini aniq ayblagan bo‘lsa, endi ular "tayyorgarlik uchun yetarlicha ish qilmagan" hukumatga qarshi da’vo qilishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing