Ukraina prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘ldi – Uitkoff

Olam

image

AQSH Prezidentining maxsus vakili – Moskva va Vashington o‘rtasida Ukraina bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan diplomat Stiv Uitkoff Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Ular (saylovlar) bo‘ladi. Ha. Ukraina rahbariyati bunga rozi bo‘ldi. Ukrainada saylovlar bo‘lib o‘tadi”, deydi Uitkoff.

Shuningdek, u Vladimir Zelenskiy va uning idorasi rahbari Andrey Yermak Ukraina NATOga a’zo bo‘la olmasligini deyarli tan olganini ta’kidlagan. Kiyevning NATOga qo‘shilishdan voz kechishi Moskvaning asosiy talablaridan biri sanaladi.

Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi north_east

Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi

Uitkoffning aytishicha, shunga qaramay, Ukrainaga NATOning 5-moddasiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish masalasi muhokamada qolmoqda. Mazkur modda bo‘yicha ittifoqqa a’zo davlatga qilingan hujum NATOning barcha a’zolariga qilingan hujum sifatida baholanadi.

Bundan tashqari, Uitkoff muzokaralar doirasida Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv ham muhokama qilinayotganini ma’lum qilgan.

“Biz ayni paytda bunga juda yaqin turibmiz va kelasi hafta ichida yoki shunga yaqin muddatda bu amalga oshishi kutilmoqda”, deya taxmin qilgan diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muhim maqsad – 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va bu vaqt ichida doimiy sulh yuzasidan muzokaralar olib borish. Bundan tashqari, u AQSH ma’muriyati Ukraina uchun adolatli kelishuvga erishish tarafdori ekanini, biroq uchinchi jahon urushi boshlanishiga yo‘l qo‘ymasligini qo‘shimcha qilgan.

Uitkoff, shuningdek, Rossiyaning Yevropaga hujum qilish rejasi yo‘qligiga to‘liq ishonishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Rossiya Prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuv yaqin bir necha oy ichida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, keyingi Ukraina-Vashington va Vashington-Moskva muzokaralari 23-24 mart kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kremlga ko‘ra, 24 mart kuni AQSH vakillari bilan Qora dengizda kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina saylov Vladimir Zelenskiy Taker Karlson Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing