Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi
Olam
−
20 fevral
6789AQSH Prezident Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni “saylovlarsiz diktator” deb atadi. bu haqda u kecha, 19 fevral kuni Truth Social’dagi sahifasida yozdi.
“O‘ylab ko‘ring, kamtarona muvaffaqiyatli komediyachi Vladimir Zelenskiy Amerika Qo‘shma Shtatlariga 350 milliard dollar sarflash, g‘alaba qozonib bo‘lmaydigan, hech qachon boshlash kerak bo‘lmagan urushga kirishish haqida gapirdi, ammo u AQSHsiz va Trampsiz hech qachon hal qila olmaydigan urushga kirishdi”, deb yozadi AQSH yetakchisi.
U Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi urushga Yevropadan 200 milliard dollar ko‘proq sarflagani, shuningdek, Yevropaning kafolatlangan pullaridan farqli o‘laroq, Qo‘shma Shtatlar hech narsa qaytarib olmasligini ta’kidladi.
“Nega uyqusiragan Jo Bayden tenglashtirishni talab qilmadi, chunki bu urush Yevropa uchun bizdan ko‘ra muhimroq – bizda ulardan ajratib turuvchi katta, go‘zal okean bor. Buning ustiga, Zelenskiy biz yuborgan pulning yarmi “yo‘qolgan”ini tan oldi”, deydi Tramp.
Shuningdek, u Zelenskiy saylovlarda qatnashishdan bosh tortganini, Baydenni “skripka kabi” chalishni yaxshi bilganini da’vo qildi.
“Saylovsiz diktator, Zelenskiy tezroq harakat qilgani ma’qul, aks holda uning mamlakati qolmaydi. Ayni paytda biz Rossiya bilan urushni tugatish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar olib bormoqdamiz, buni hamma tan oladi, faqat Tramp va Tramp ma’muriyati buni qila oladi. Bayden hech qachon harakat qilmagan, Yevropa tinchlikka erisha olmadi.
Men Ukrainani yaxshi ko‘raman, lekin Zelenskiy dahshatli ish qildi, uning mamlakati vayron bo‘ldi va millionlpb kishilar behudaga o‘lib ketdi va shunday davom etmoqda ....” deydi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 18 fevral kuni Floridaning Mar-a-Lago shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukrainada saylovlar uzoq vaqtdan beri o‘tkazilmagani va xalq Prezident Zelenskiydan unchalik mamnun emasligini, uning ishonchi 4 foizgacha tushib ketganini aytgandi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa kecha, 19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Trampga javob qaytarib, uning ishonch reytingi 57 foizni tashkil etishini, Tramp Zelenskiyning ishonch reytingi 4 foizga baholangani haqidagi so‘zlarini Rossiyadan kelgan ma’lumotlarga asoslanganini, hozirda hech kim uni almashtira olmasligini aytdi.