Ukraina Prezidenti karantin qoidasini buzgani uchun jarima to‘ladi

Olam

image

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xmelniskiy viloyatiga ish safari chog‘ida karantin qoidasini buzgani haqida xabar berilgan edi. Sobiq qiziqchi bu uchun jarimaga tortildi. Bu haqda "Korrespondent" nashri xabar qildi.

"Ular menga jarima yozdilar va prinsipial ravishda to‘g‘ri qildilar", deydi Zelenskiy.

Zelenskiy ilgari Xmelniskiyga tashrifi davomida bir guruh siyosatchilar bilan qahvaxonada kofe ichganida karantinni buzgan. Uning kafeda o‘tirgani surati ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan. Suratda Zelenskiy va bir necha kishi qahvaxonadagi stolda o‘tirib, qahva ichishayotganini ko‘rish mumkin.

Ichki ishlar vazirligi jarima Prezident qahva ichgan kafe egasiga ham qo‘llanilishi kerakligini taklif qildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

karantin Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

108

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing