Ukraina parlamenti mamlakatda Rus pravoslav cherkovi faoliyatini taqiqladi (video)
Olam
−
20 avgust
3507Ukraina Oliy Radasi bugun, 20 avgust kuni mamlakat hududida Rus pravoslav cherkovi faoliyatini taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Yevropa birdamlik partiyasi deputati Aleksey Goncharenko xabar berdi.
Unga ko‘ra, 265 nafar deputat qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan. Qonun loyihasi Ukrainada faoliyati taqiqlangan Rus pravoslav cherkovi bilan bog‘liq diniy tashkilotlar uchun cheklovlar o‘rnatdi. Ukraina diniy tashkilotlariga Rus pravoslav cherkovi bilan aloqalarini uzish uchun 9 oy vaqt berildi.
Deputat Yaroslav Jeleznyakning so‘zlariga ko‘ra, qonun e’lon qilinganidan 30 kun o‘tib kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina-Rossiya o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralar bekor qilingani haqida xabar berilgandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakat Qurolli kuchlari Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi 1250 kvadrat kilometrdan ortiq hudud va 92 aholi punktini nazorat qilayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi