Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish mumkinmi? So‘z Peskovga
Olam
−
24 may 2023
9464Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish haqida gapirishga hali erta, buning uchun hozircha hech qanday shartlar yo‘q. Bu haqda TASS agentligiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Bu haqda gapirishga hali erta. Tinch yo‘l bilan hal qilish uchun hech qanday shart-sharoit yo‘qligi aniq. “Maxsus harbiy operatsiya” davom etmoqda”, deydi Peskov.
Shuningdek, u Kreml Kiyevning amaldagi rasmiy vakillaridan birortasi bilan muzokaralarga tayyormi yoki yo‘qmi degan savolga ham javob bergan.
“Buni muhokama qilish dargumon, chunki Ukrainada Rossiya Federatsiyasi bilan har qanday muzokaralar olib borish taqiqlangan”, deya iddao qilgan Prezident matbuot kotibi.