Ukraina Moskva aholisini yanada ko‘proq hujumlardan ogohlantirdi – “The Kyiv Post”
Olam
−
12 avgust 2023
8360Ukraina Moskva aholisini yanada ko‘proq dron hujumlaridan ogohlantirdi. Bu haqda “The Kyiv Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina Havo razvedkasi matbuot kotibi Andrey Yusov Moskvada yashovchilarni bundan ham ko‘proq havo hujumlaridan ogohlantirgan va ikki mamlakat o‘rtasidagi dron urushlari avj olayotgan bir paytda havo hujumidan mudofaa tizimlari Rossiya poytaxtini himoya qilishga qodir emasligini qo‘shimcha qilgan.
Yusov “The Kyiv Post”ga bergan intervyusida “xavfsizlik tushunchasi Moskva aholisidan tobora uzoqlashib borayotganini” ta’kidlagan.
“Butun dunyo Rossiyaning mudofaa tizimi va qurol bozorida yetakchi rol o‘ynaydigan mamlakatning samarasiz, eskirgan va zamonaviy chaqiriqlarga munosib javob bera olmayotganini ko‘rishda davom etmoqda”, deydi u.
Yusovning aytishicha, bu Prezident Putin rahbariyati “davlat boshqaruvining degradatsiyasiga olib kelayotgani” alomati.
“Ehtimol bu tendensiya Moskva aholisini qandaydir to‘g‘ri xulosalar chiqarishga undaydi – Rossiya televideniyesi va propagandasiga ishonish yoki ishonmaslik, jinoiy rejimni qo‘llab-quvvatlashda davom etish yoki etmaslik”, deya qo‘shimcha qiladi u.
Eslatib o‘tamiz, Moskva shahri avgust boshidan beri besh bor dron hujumiga uchradi. Shaharga joriy yilning 24, 28, 30 iyul va 1, 6, 9, 10, 11 avgust kunlari uchuvchisiz qurilmalar yordamida hujumlar uyushtirildi.
LiveBarchasi