Ukraina Kuril orollarini Rossiya bosib olgan Yaponiya hududi deb e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiyaning Kuril orollari hududlarini “Rossiya Federatsiyasi bosqini ostida qolayotgan hududlar” deb atash haqidagi farmonni imzoladi.

“Ukraina Yaponiyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi bosqini ostida qolayotgan Shimoliy hududlarini hurmat qilishini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi hujjatda.

Zelenskiy Ukraina hukumatiga o‘z ishida “...Shimoliy hududlar Yaponiya suveren hududining ajralmas qismi degan pozitsiyadan kelib chiqish”ni buyurdi.

7 oktyabr kuni Vladimir Zelenskiy videomurojaatida qarorni “adolatli, yuridik jihatdan mukammal, tarixiy” deb atadi. Ukraina Prezidenti dunyoning boshqa davlatlarini ham xuddi shunday qarorlar qabul qilishga chaqirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya 1905 yilda Rossiya-Yaponiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirgan. 1945 yil fevral oyida esa Sovet Ittifoqi Yaponiya bilan urushga kirish evaziga Saxalin va Kuril orollarini qaytarib olgan. 1956 yilda SSSR Yaponiya bilan tinchlik deklaratsiyasini imzoladi, unda tomonlar tinchlik shartnomasini tuzganlarida Shikotan va Xabomai orollarini qaytarishga va’da berildi. Keyingi yillarda Yaponiya hukumati barcha orollarni qaytarishni talab qildi va shartnoma imzolanmay qoldi. 2022 yil mart oyida Rossiya Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Aprel oyida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Kuril orollarini 2003 yildan beri birinchi marta “noqonuniy bosib olingan” hudud deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kuril orollari

Baholaganlar

332

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made