Rossiya tajovuzkor davlat – Ukraina TIV Kiyevning Kuril orollari bo‘yicha pozitsiyasiga aniqlik kiritdi
Olam
−
08 Oktabr 2022
6651Ukraina Prezidentining Yaponiya suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shu jumladan uning shimoliy hududlari bilan yuirga hurmat qilishni yana bir bor tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni va parlamentning tegishli murojaatni qabul qilishi Kiyevning xalqaro huquq tamoyillari va normalariga sodiqligini tasdiqlaydi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirigining Yaponiyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi to‘g‘risidagi bayonotida so‘z boradi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Ukraina TIV “zamonaviy dunyoda xalqaro huquq normalariga zid ravishda biron bir davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish uchun kuch ishlatishga o‘rin yo‘qligini” izchil ta’kidlab keladi.
“Rossiya tajovuzkor davlat sifatida Ukraina va dunyoning boshqa davlatlarining suveren chegaralarini buzishga qaratilgan harakatlari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak”, deya ta’kidladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Vladimir Zelenskiy kecha, 7 oktyabr kuni Yaponiyaning Kuril orollari hududlarini “Rossiya Federatsiyasi bosqini ostida qolayotgan hududlar” deb tan olish haqidagi farmonni imzoladi.
“Ukraina Yaponiyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi bosqini ostida qolayotgan Shimoliy hududlarini hurmat qilishini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi hujjatda.
Zelenskiy Ukraina hukumatiga o‘z ishida “...Shimoliy hududlar Yaponiya suveren hududining ajralmas qismi degan pozitsiyadan kelib chiqish”ni buyurdi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya 1905 yilda Rossiya-Yaponiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirgan. 1945 yil fevral oyida esa Sovet Ittifoqi Yaponiya bilan urushga kirish evaziga Saxalin va Kuril orollarini qaytarib olgan. 1956 yilda SSSR Yaponiya bilan tinchlik deklaratsiyasini imzoladi, unda tomonlar tinchlik shartnomasini tuzganlarida Shikotan va Xabomai orollarini qaytarishga va’da berildi. Keyingi yillarda Yaponiya hukumati barcha orollarni qaytarishni talab qildi va shartnoma imzolanmay qoldi.
2022 yil mart oyida Rossiya Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Aprel oyida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Kuril orollarini 2003 yildan beri birinchi marta “noqonuniy bosib olingan” hudud deb atadi.
LiveBarchasi