Putin Yaponiyaning Kuril orollari bo‘yicha e’tiroziga javob qaytardi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hech kim Kuril orollarini Yaponiyaga berish niyatida emasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Mamlakatning Uzoq Sharq mintaqasi, shu jumladan Janubiy Kuril orollarini ham rivojlantirish niyatida. Hech kim yangi Kuril orollarida Rossiya bayrog‘ini tushirmaydi.

“Yo‘q. Bizda bunday rejalar yo‘q”, degan Putin.

Yaponiya Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai orollarini okkupatsiya qilingan deb, Rossiyadan uni qaytarishni talab qilyapti. O‘z navbatida rasmiy Moskva Tokioni Ikkinchi Jahon urushi yakunlarini tan olishga chaqiryapti.

Rasmiy Moskvaning bu boradagi pozitsiyasi 1956 yilda imzolangan deklaratsiya asosida tinchlik shartnomasi tuzish bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan iborat bo‘lyapti. Hujjatga ko‘ra, tinchlik shartnomasi tuzilgach, Sovet Ittifoqi Shikotan va Xabomai orolini Yaponiyaga berishi kerak bo‘lgan. Ammo Kunashir va Iturup orollari Ittifoq tarkibida qolishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Yaponiya Kuril orollari

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing