Ukraina xavfsizlik xizmati generali josuslikda ayblandi
Olam
−
14 aprel 2020 9103 1 daqiqa
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) o‘z xodimini davlatga xiyonat qilganlikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda tashkilotning Facebook'dagi sahifasida xabar berildi.
General-mayor Valeriy Shaytanov Rossiya maxsus xizmatlarida ishlaganlikda va terrorchilik harakatlarini sodir etganlikda gumon qilinmoqda. UXX uning aybdorligini isbotlovchi muzokaralar audioyozuvini e’lon qilgan.
“UXX general-mayor Shaytanov Rossiya Federatsiyasi FXX agenti ekanligi to‘g‘risida yetarli dalillarni to‘pladi”, deyiladi tashkilot sahifasida.
Shaytanovga nisbatan xiyonat va Ukraina Jinoyat kodeksining terrorchilik harakati moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr