Ukraina keng miqyosli qarshi hujum boshladi – Rossiya Mudofaa vazirligi
Olam
−
05 iyun 2023
13099Kecha, 4 iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlari frontning Janubiy Donetsk yo‘nalishidagi beshta sektorida keng ko‘lamli qarshi hujum boshladi. Bu haqda bugun, 5 iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, janglarda Ukraina Qurolli kuchlarining 23- va 31-mexanizatsiyalashgan brigadalari boshqa harbiy qismlar va bo‘linmalar ko‘magida qatnashgan. Hammasi bo‘lib Ukraina kuchlarining oltita mexanizatsiyalashgan va ikkita tank batalonlari jalb qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining maqsadi frontning eng zaif sektorida Rossiya qo‘shinlari mudofaasini yorib o‘tish bo‘lgan.
“Dushman o‘z vazifalarini bajara olmadi, muvaffaqiyatga erishmadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ta’kidlanishicha, Ukraina tomoni 250 nafardan ortiq shaxsiy tarkib, 16 ta tank, uchta piyodalar uchun jangovar texnika va 21 ta zirhli jangovar texnikani yo‘qotgan.
Ukraina Qurolli kuchlari hozircha Rossiya Mudofaa vazirligining mazkur bayonotiga munosabat bildirmagan.
LiveBarchasi