Ukraina Qrim ko‘prigiga yangi hujum tayyorlamoqda – “The Guardian” 

Olam

image

Ukraina harbiy razvedkasi 2024 yilning birinchi yarmida Qrim ko‘prigiga yangi hujum tayyorlayapti. Bu haqda Britaniyaning "The Guardian" gazetasi Ukrainadagi manbalarga tayanib, xabar berdi.

Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi (UBRB) urush boshlanganidan beri Rossiyani annekciya qilingan Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi ko‘prikka uchinchi hujumni amalga oshirmoqchi. 

"Oldingi ikkita hujumdan so‘ng, ko‘prikning vayron bo‘lishi muqarrar. Biz buni 2024 yilning birinchi yarmida amalga oshiramiz", degan UBRBning yuqori martabali amaldori nashrga.

Ukraina tomoni yaqin kelajakda ko‘prikning butunlay ishdan chiqarilishini kutmoqda. Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovning fikricha, "Qrim ko‘prigi faoliyatining to‘xtatilishi ko‘pchilik o‘ylaganidek mushkul vazifa emas". Buning uchun muvaffaqiyatli dron hujumining o‘zi yetarli.

Nashrning yozishicha, Qrim ko‘prigiga hujum Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan tasdiqlangan Rossiyaning Qora dengizdagi kuchlarini zaiflashtirish rejasining bir qismidir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya ommaviy axborot vositalarida Germaniyaning yuqori martabali harbiy xizmatchilari o‘rtasida Qrim ko‘prigiga hujum qilish rejalari muhokama qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina rejasi Qrim ko'prigi hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing