Ukraina qarshi hujumining asosiy yo‘nalishi qaysi hudud bo‘lishi aytildi
Olam
−
27 iyul 2023
6481Ukraina Qurolli Kuchlari asosiy hujumni mamlakat janubi-sharqidagi Zaporoje viloyatiga qarama-qarshi nuqtaga qaratdi. Bu haqda “The New York Times” gazetasiga Pentagondagi ikki manba xabar berdi.
Keltirilishicha, hozir bu yo‘nalishda G‘arbda o‘qitilib, jihozlangan va hali ham zaxirada bo‘lgan Ukraina bo‘linmalari jalb etilgan.
“Ukraina rasmiylari Amerika Qo‘shma Shtatlariga mamlakatning Qurolli Kuchlari kengaytirilgan qo‘shinlari Rossiyaning mina maydonlari va boshqa istehkomlari orqali janubga, Tokmak shahriga, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, Melitopolga qarab harakatlanayotgani haqida ma’lum qildi”, deyiladi gazeta xabarida.
Ukraina harbiylarining maqsadi Ukraina janubidagi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni anneksiya qilingan Qrim bilan bog‘lovchi quruqlik yo‘lagini kesib tashlash.
“Qurolli Kuchlar operatsiyasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, bir haftadan uch haftagacha davom etishi mumkin”, deydi Ukraina rasmiylari Vashingtonga.
Shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi spikeri Andrey Kovalyov bugun, 27 iyul kuni ertalab Ukraina harbiylari Staromayorskiy hududida janubiy frontda muvaffaqiyat qozonib, erishilgan marralarda mustahkam o‘rnashib borayotganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi Baxmutning shimoli va janubida davom etmoqda.
“Bloomberg” tahlilchilarga tayanib, Ukraina Qurolli kuchlarining Zaporoje viloyatining janubi-g‘arbidagi hujumi Ukraina armiyasi Rossiyaning mudofaa pozitsiyalarini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lganidan dalolat beradi.
LiveBarchasi