Ukraina ilk bor Ozarbayjondan gaz oldi

Olam

image

Ozarbayjon ilk bor Ukrainaga gaz yetkazib berdi. Ushbu  amaliyot Transbolqon yo‘lagi orqali amalga oshirildi. Bu haqda bugun, 28 iyul kuni “Naftogaz” boshqaruvi raisi Sergey Koretskiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sinov yetkazib berish yo‘nalishi Bolgariya-Ruminiya-Ukraina chegarasi bo‘ylab o‘tmoqda.

“Bu hajm jihatidan kichik bo‘lsa-da, strategik ahamiyatga ega qadam bo‘lib, uzoq muddatli hamkorlikka yo‘l ochadi”, dedi Koretskiy.

Ma’lumot uchun, Transbolqon yo‘lagi – bu Ukraina, Moldova, Ruminiya, Bolgariya va Turkiya hududi orqali o‘tuvchi magistral gaz quvuri hisoblanadi.

Qayd etish joiz, oldinroq “Naftogaz” Ozarbayjonning davlat neft kompaniyasi SOCAR bilan gaz xaridi bo‘yicha ilk shartnomani imzolagan.

Ukraina Energetika vaziri Svetlana Grinchukning so‘zlariga ko‘ra, Transbolqon gaz quvuri Ukrainaga butun dunyodan Gretsiya va Turkiyadagi terminallarga kelayotgan suyultirilgan gaz hamda Ozarbayjon gaziga yo‘l ochadi. U “Naftogaz” va SOCAR o‘rtasidagi bitim ketma-ket olib borilgan sa’y-harakatlar va muzokaralar natijasi ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon tabiiy gazi joriy yilning 1 avgustidan boshlab Turkiya janubidagi Kilis viloyati orqali Suriyaga yetkazilishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Ozarbayjon Ukraina Transbolqon yo'lagi Bolgariya-Ruminiya-Ukraina chegarasi “Naftogaz” Svetlana Grinchuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing