Ukraina F-16 uchun NATO davlatlaridan nafaqadagi uchuvchilarni yollashi mumkin
Olam
−
13 avgust
3219Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarish uchun nafaqadagi amerikalik uchuvchilarni yollashi mumkin. Bu haqda Kiyevda bo‘lgan amerikalik respublikachi senator Lindsi Grem ma’lum qildi.
“Ozodlik uchun kurashmoqchi bo‘lgan iste’fodagi F-16 uchuvchilari Ukraina tomonidan yollanishi mumkin. Ukrainaliklar NATO mamlakatlari orasidan Ukraina o‘z uchuvchilarini tayyorlamaguncha ularga yordam berish uchun nafaqaga chiqqan tayyor uchuvchilarni izlaydi. Shunday qilib, Kiyev o‘ziga berilgan qiruvchi samolyotlardan ukrainalik uchuvchilar tayyorgarlikdan o‘tayotgan vaqtda foydalanishi mumkin bo‘ladi. Men bu masalani ko‘tarmoqchiman. Men Prezident Jo Baydendan lavozimini tark etishdan oldin, bu taklif berilganiga ishonch hosil qilishini so‘rayman”, deydi senator.
Ma’lumot uchun, Qo‘shma Shtatlar 2023 yil may oyida Amerikaning F-16 qiruvchilarini Ukrainaga topshirishga ruxsat berdi. Birinchi partiyani Kiyevga Niderlandiya topshirdi, u Daniya, Belgiya va Norvegiya bilan birgalikda unga 80 ga yaqin samolyotni va’da qildi.
“Ularning ko‘pchiligi qismlarga demontaj qilinishi kutilmoqda”, deb ta’kidladi “Times”.
“Bloomberg” 31 iyul kuni Ukrainaga birinchi F-16 samolyotlari kelgani haqida xabar berdi. Bir necha kundan keyin mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ularning birinchi kadrlarini namoyish etdi.
Ukrainalik uchuvchilarga G‘arb mamlakatlarida, jumladan, Buyuk Britaniya va AQSHda F-16 samolyotlarini boshqarishga o‘rgatilgan. Biroq o‘qitilgan uchuvchilarning yetishmasligi Kiyev amalda foydalanishi mumkin bo‘lgan samolyotlar sonini cheklaydi. Joriy yilda 20 ga yaqin ukrainalik uchuvchi qiruvchi samolyotlarni boshqarishi mumkin bo‘lishi kutilmoqda.
Shunday qilib, Kiyev bor-yo‘g‘i o‘nta F-16 samolyotini boshqara oladi, chunki bitta samolyot ekipaji ikki kishidan iborat.
Rossiya G‘arb davlatlarining Kiyevga qurol yetkazib berishini qoralaydi va ular jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi, deb hisoblaydi. Kreml Ukraina armiyasining F-16 samolyotlarini olishini keskinlashuv kuchayishi va G‘arb davlatlarining mojaroda ishtiroki ortishi bilan bog‘ladi.
LiveBarchasi