Ukraina Erondan Rossiyaga qurol keltirgan kemani cho‘ktirdi

Olam

image

Ukraina Astraxan yaqinidagi portga zarba berib, “Shahed”lar uchun ehtiyot qismlar hamda o‘q-dorilar ortilgan Eron kemasini cho‘ktirdi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari xabar berdi. 

Ukraina harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida “Port Olya 4” yuk kemasi shikastlangan. Unda “Shahed” dronlari uchun ehtiyot qismlar va Eron o‘q-dorilari bo‘lgan.

Astraxan viloyati gubernatori Igor Babushkin o‘zining Telegram-kanalida “Port Olya” dronlar tomonidan hujumga uchraganini tasdiqlagan. Uning aytishicha, “parchalar” oqibatida kema zarar ko‘rgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Hujum guvohi A nashriga kema dron bilan cho‘ktirib yuborilganini aytadi, ammo uning ekipaji qutqarilgan.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining qayd etishicha, Olya portidan Rossiya hukumati Eronning harbiy mahsulotlarini yetkazib berishda muhim logistik nuqta sifatida foydalanadi.

Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlari portni ilgari ham – joriy yilning 18 aprel kuni nishonga olgan. O‘sha paytda hujumning maqsadi Rossiyadan Eron va boshqa davlatlarga don va boshqa yuklarni yetkazib berish zanjirini izdan chiqarish bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Astraxan keman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing