Ukraina dushmanining tarafdori bilan tuzilgan bitimni bekor qildi 

Olam

image

2022 yil yozida Damashq Donbassni tan olganidan keyin Ukraina Suriya bilan tuzilgan ikkita kelishuvdan, jumladan, savdo kemalari to‘g‘risidagi bitimdan chiqdi. Bu haqda kecha, 2 may kuni Vazirlar Mahkamasining Ukraina Oliy Radasidagi vakili Taras Melnichuk ma’lum qildi.

“Ukraina Oliy Radasi Ukraina Vazirlar Mahkamasi va Suriya Arab Respublikasi hukumati o‘rtasidagi savdo kemalari to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi hukumat qonuni loyihasini qabul qildi”, deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida. 

Melnichukning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Suriya bilan savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimdan ham chiqqan. Uning aniqlik kiritishicha, bu qarorlar ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning uzilishi va Damashq tomonidan Donbassning mustaqilligi tan olinishi munosabati bilan qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan bir necha kun oldin, 2022 yil 21 fevralda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi (xalqaro tan olinmagan) Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining suverenitetini tan olganini e’lon qilgan. 2022 yil 29 iyun kuni Suriya Tashqi ishlar vazirligi Suriya Arab Respublikasi Donbassning mustaqilligini tan olishga qaror qilganini ma’lum qilgan. Damashqning 30 iyundagi qaroriga javoban Kiyev konsullik aloqalarini uzmasdan, Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qilgan. 2022 yil 20 iyulda Suriya ham Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatishga qaror qilgan.

2022 yil 23 sentyabrdan 27 sentyabrgacha Rossiya tomonidan egallangan hududlar, Donetsk, Lugansk Zaporoje va Xerson viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar o‘tkazilgan. 30 sentyabr kuni Putin va mintaqalar rahbarlari ularning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolagan. 4 oktyabrda esa Rossiya rahbari ushbu to‘rtta hududni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagan. Biroq xalqaro tashkilotlar va aksar davlatlar na referendumni, na hududlarning Rossiya tarkibiga qo‘shilganini tan olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing