Qishda Rossiya va Ukraina muzokaralarni boshlashi mumkin
Olam
−
11 dekabr 2024 5904 1 daqiqa
Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari shu qishda boshlanishi mumkin. Bu haqda Polsha Bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.
Tuskning ta’kidlashicha, Varshava 1 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqiga raislik qila boshlaganida har qanday muzokaralarda faol ishtirok etadi.
“Biz siyosiy voqealar taqvimi qanday ko‘rinishi va muzokaralar paytidagi vaziyat uchun javobgar bo‘lamiz, garchi bu aniq bo‘lmasada, kelishuv qishda boshlanishi mumkin”, degan Donald Tusk.
Shuningdek, Tusk Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning Varshavaga tashrifi haqida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilib, Moskva va Kiyevni muzokaralarni boshlashga chaqirgandi. Parijda Zelenskiy bilan uchrashgan Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni tugatish, “jinnilikka barham berish” uchun Rossiya bilan kelishuvga intilayotganini aytdi. Uchrashuvda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham ishtirok etgandi.
Live
Barchasi