AQSH Ukrainaga termoyadroviy bomba joylashtirishi mumkin – OAV
Olam
−
11:35
3419AQSH Rossiyaning “Oreshnik” ballistik raketasi bilan Dnepropetrovskdagi harbiy zavodga qilgan hujumiga javoban B-61 termoyadroviy bombalarini Polsha yoki Ukrainaga joylashtirishi mumkin. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “The National Interest” jurnali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ukrainaga termoyadroviy qurol berish g‘oyasi “asossiz va xavfli” bo‘lsa-da, Ukrainadagi urushning rivojlanishi bunday ehtimolni istisno etmaydi. Qayd etilishicha, AQSHning yadroviy arsenalida boshqa kuchli qurollar bo‘lsa-da, B-61 bombalari eng yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, B-61 termoyadroviy bombalari NATOning strategik mudofaa qurollari qatoridan joy olgan bo‘lib, avval Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Turkiyada joylashtirilgan. Ular F-35 qiruvchi samolyotlari va boshqa tashuvchilar orqali yetkazilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Minskka tashrifi chog‘ida Rossiya va Belarus o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari mavjud barcha kuchlardan, jumladan, Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishni nazarda tutishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi