Ukraina delegatsiyasi AQSHga boradi
Olam
−
16 aprel 2022
5617Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal, Moliya vaziri Sergey Marchenko, Ukraina Milliy banki rahbari Kirill Shevchenko va boshqa bir qator Ukraina rasmiylari kelasi hafta AQSH poytaxtiga tashrif buyuradi. Bu haqda manbalarga tayanib “Reuters” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Ukraina delegatsiyasi AQSHga tashrifi chog‘ida Katta yettilik mamlakatlari va boshqa davlatlar moliya idoralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kerak. Bundan tashqari, ukrainaliklar Jahon banki tomonidan joriy yilning 21 aprel kuni Ukraina bo‘yicha o‘tkaziladigan davra suhbatida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bu Ukraina moliya idoralari vakillari va ularning g‘arblik hamkasblari o‘rtasidagi Rossiyaning hujumi boshlanganidan beri birinchi uchrashuv bo‘ladi.
Qayd etilishicha, muzokaralar natijalariga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi global iqtisodiy o‘sish prognoziga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Avvalroq, AQSH senatori Stiv Deyns va Vakillar palatasi a’zosi Viktoriya Shparts Kiyev va uning chekka hududlariga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi