Ukraina Bosh prokurori Putinni javobgarlikka tortishdan og‘iz ochdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni genotsid ishi bo‘yicha javobgarlikka tortish qiyin bo‘ladi, chunki davlatning hozirgi rahbari hech qachon bunday ayblov bilan jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Bu haqda Ukraina Bosh prokurori Andrey Kostin CBS News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinchiligi Ukrainadagi urush jinoyatlarining asosiy sababi bo‘lib, genotsid ta’rifi mos keladi. Bosh prokurorning ishonch bildirishicha, Putin uning qo‘mondonligidagi harbiylarning hamma qilmishiga ruxsat bergan yoki xabardor bo‘lgan, ammo bu buyruq tizimini eng yuqori darajagacha isbotlash oson bo‘lmaydi.

“Bosqin jinoyati urush jinoyatlarining onasi, genotsiddir, chunki tajovuzsiz boshqa harbiy jinoyatlar bo‘lmaydi. Shuning uchun bosqinchilik jinoyati uchun Rossiyaning oliy siyosiy va harbiy rahbariyati javobgarlikka tortilishi va jazolanishi kerak”, deydi Kostin.

U, shuningdek, Bosh prokuratura genotsid ishi bo‘yicha hozirdanoq tergov olib borayotganini ta’kidladi. Ayni paytda prokurorlar Ukrainada 34 ming harbiy jinoyatni qayd etgan.

“Biz ustuvorlik haqida gapirganda, albatta, bugungi kunda biz ko‘rayotgan holatlar, Xarkov viloyatida, shu jumladan Izyumda sodir etilgan harbiy jinoyatlar, albatta, bunday holatlar bizning ustuvor vazifamizdir. Biroq, bizda Bucha, Irpen kabi shaharlarda boshlangan, hali tergov qilinayotgan ko‘plab holatlar mavjud. Ukrainadagi barcha fuqarolik ob’ektlarini o‘qqa tutish va vayron qilish ham qayd etilyapti va keyin tekshiriladi. Biz hozir Rossiya tomonidan sodir etilgan juda ko‘p potensial urush jinoyatlarini ko‘ryapmiz”, deydi Kostin.

Shuningdek, u Rossiya armiyasi orasida harbiy jinoyatlar sodir etish tizimli ekanligini ta’kidlagan.

“Menimcha, Rossiya armiyasi kelganda bu yerni yangi Buchaga aylantiradi”, deydi Bosh prokuror.

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Xarkov viloyatining Izyum shahrida ham Buchadagidek xunrezliklar uyushtirganinini ma’lum qilgandi. Ushaharda ommaviy qabr topilganini qayd etgan.

“Bucha qirg‘ini”

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan. 

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan. 

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi. 

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan. 

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing