Ukraina bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi – Putin

Olam

image

Rossiyaning Ukrainadagi urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

“Kiyev tomonlar o‘rtasida Istanbuldagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlardan uzoqlashdi va boshi berk ko‘chaga qaytdi”, degan Putin.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, 11 aprel kuni unga Kiyevning muzokaralardagi pozitsiyalarida go‘yoki yangi o‘zgarishlar bo‘lgani haqida xabar berilgan.

U Belarus Ukraina bilan kelgusidagi muzokaralar uchun to‘liq mos kelishini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Putin Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda Ukraina bilan muzokaralar aynan Minsk aralashuvi bilan boshlanganini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Belarusda Rossiya-Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida uch marta yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar tinch aholini jangovar zonalardan evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklarni ochishga kelishib oldi. Yana bir uchrashuv Istanbulda bo‘lib o‘tdi. U yerda Ukraina delegatsiyasi Rossiyaga tinchlik shartnomasi bo‘yicha yozma takliflarni topshirdi va Rossiya Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollikni kamaytirishga rozi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

468

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing