Ukraina AQSHdan 3,9 mlrd dollar byudjet yordami oldi

Olam

image

Ukraina AQSHdan byudjet yordami sifatida 3,9 milliard dollar grant mablag‘i oldi. Bu haqda kecha, 5 avgust kuni mamlakat Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Aniqlik kiritilishicha, Qo‘shma Shtatlar tomonidan ajratilgan mablag‘lar o‘qituvchilar, birinchi tibbiy yordam xodimlari va davlat xizmatchilarining maoshlarini to‘lash uchun sarflanadi. Amerika granti, shuningdek, ustuvor ijtimoiy xarajatlarni qoplashga yordam beradi – ichki ko‘chirilganlar, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarga nafaqa to‘lash.

Moliya vaziri Sergey Marchenkoning ta’kidlashicha, tekin moliyaviy yordam Rossiya Federatsiyasi bilan qurolli mojaro paytida Ukraina davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga juda muhim hissadir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing