Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Ukraina AQSH yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin – Tramp (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 9 mart kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi qaroriga izoh berdi.

Unga ko‘ra, Ukraina hatto Vashingtonning harbiy yordami bilan ham “omon qolmasligi” mumkin.

Bundan tashqari, Amerika yetakchisi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni AQSH yordami uchun “minnatdorchilik”ni his qilmagani uchun yana bir bor qoraladi.

“U aqlli va qattiqqo‘l yigit. U Bayden davrida AQSHdan pulni boladan shirinlikni tortib olgandek oldi”, dedi Tramp.

Shunga qaramay, Oq uy rahbari Zelenskiydan Vashingtonga qaytib, Ukrainada noyob tuproq metallari bo‘yicha bitim imzolashini kutayotganini ta’kidladi.

AQSH Ukrainani sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan ham mahrum qildi – OAV north_east

AQSH Ukrainani sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan ham mahrum qildi – OAV

Shuningdek, Donald Tramp Rossiyaga nisbatan o‘z pozitsiyasini “qattiq” deb atadi va bu hatto birinchi prezidentlik davrida ham shunday bo‘lganini ta’kidladi. Dalil sifatida u Rossiya va Germaniya o‘rtasida “Shimoliy oqim 2” gaz quvuri qurilishiga qarshi ekanligini keltirdi.

Oq uy rahbari Rossiya va Xitoyni hozirda AQSH mudofaa xarajatlarini qisqartirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar qatoriga kiritdi.

Shu bilan birga, Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, Xitoy va Shimoliy Koreya yetakchilari bilan “yaxshi munosabatda” ekanini ta’kidladi.

Amerikaning NBC telekanali nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib xabar berishicha, Donald Tramp o‘zini Rossiya agressiyasidan himoya qilayotgan Ukrainaga harbiy yordamni qaytadan boshlash uchun Vladimir Zelenskiydan Rossiya bilan muzokaralar jarayoniga “munosabat o‘zgarishini” ko‘rishni istashini “o‘z yordamchilariga shaxsiy ravishda tushuntirgan”.

NBC manbalariga ko‘ra, gap bosib olingan Ukraina hududlarini Rossiya Federatsiyasiga o‘tkazish kontekstida Kiyevning yon berishi va Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi ehtimoli haqida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing