Ukraina hukumati binosini portlatmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Olam

image

Ukrainaning Hukumat binosida granatani portlatish bilan tahdid qilayotgan shaxs xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Ukraina 24” telekanali ma’lum qilmoqda

Ma’lum qilinishicha, u Donbassdagi harbiy operatsiya faxriysi Vladimir Proxnich ekanligi aniqlangan. Aytilishicha, undagi granata zararsizlantirilgan va portlashning oldi olingan. 

Qayd etilishicha, Proxnich 15 yillik qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkinligi aytilmoqda. Ukraina politsiyasi boshlig‘i Igor Klimenkoning ta’kidlashicha, Proxnich hech qanday talab qo‘ymagan. 

“Vazirlar Mahkamasi binosini portlatish bilan tahdid qilgan shaxs hech qanday talab qo‘ymadi. Hayot uni shunga majbur qilgan, shunchaki u hayotdan to‘ygan”, deydi Klimenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Proxnichga nisbatan 4 ta modda, bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Ulardan eng og‘iri 147-modda (garovga olish). Shuningdek, erkakning qo‘lida RGN granatasi bo‘lgani sababli u 15 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Avvalroq, Kiyevda noma’lum shaxs Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosiga bostirib kirib, granata portlatish bilan tahdid qilayotgani haqida xabar bergandik. 

Notanish kishi Hukumat binosiga granata bilan kirib kelgan va bino qurshab olinganini aytgan. U agressiv holatda granatani portlatib yuborishini va binodan tirik chiqmasligini yoki 10 yilga qamalishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing