Ukrainaga yordam ortidan Britaniya qurol-yarog‘ zaxiralari bo‘shab qoldi
Olam
−
25 Sentabr
4341G‘arb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniyaning Ukrainaga yordam ko‘rsatishi ortidan harbiy texnika va qurol-yarog‘ zaxiralari bo‘shab qoldi. Bu haqda Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Lyuk Pollardga tayanib, “The Times” nashriga ma’lum qildi.
“O‘ylashimcha, aksariyat G‘arb davlatlari o‘zlarida mavjud resurslarning katta qismini xayriya qilgan. Ular endi Ukrainadagi mojarodan kelib chiqib, o‘z harbiy ishlab chiqarishini oshirishi kerak”, deydi u.
Lyuk Pollardga ko‘ra, Britaniya nafaqat zaxiralarni to‘ldirishi, balki jangni davom ettirish uchun Ukrainani ishonchli qurol bilan ta’minlashi zarur.
Nashrning yozishicha, Milliy audit idorasi Buyuk Britaniyaning harbiy tayyorgarligi to‘g‘risida xavotir bildirib, Ukrainaga yuborilgan harbiy yordamning qiymati 2022-23 yillarda 130 million funtdan 2023-24 yillarda atigi 15,9 million funtga tushib ketganini qayd etgan.
“Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik Kengashida nutq so‘zladi va diplomatik yechim faqat suhbatlar orqali erishilmasligini ta’kidladi. Bundan tashqari u AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvda “g‘alaba rejasi”ni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Unda Zelenskiy Ukraina uchun uzoq masofali qurollarni olishni, shuningdek, Rossiya hududining ichki qismiga zarba berishga ruxsat so‘ramoqda. Ushbu muhokamalarning natijasi davom etayotgan mojaro va Ukrainaning mudofaa imkoniyatlarini saqlab qolishiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Ukrainaga tashrifi chog‘ida mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun 600 million funt sterling (782 million dollar) ajratilishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi