AQSH Ukrainaga 2,6 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ sotishni ma’qulladi
Olam
−
16:34 334 1 daqiqa
AQSH Davlat departamenti Ukrainaga umumiy qiymati 2,68 milliard dollar bo‘lgan o‘q-dorilarni sotish va havo mudofaasi tizimlarini (HMT) modernizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish mumkin bo‘lgan bitimni ma’qulladi. Bu haqda bugun, 19 sentyabr kuni idora matbuot xizmati xabar berdi.
Ukraina AQSHdan raketalar, lazer bilan yo‘naltiriladigan va uzoqroq masofaga mo‘ljallangan HMT tizimlarini, shuningdek, dronlarga qarshi kurashish uchun RPS 202 radiolokatsiya stansiyalarini so‘ragan. Bitim qurol-yarog‘ yetkazib berish va HMT tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, bitim tuzilgan taqdirda, moliyalashtirish Yevropa mamlakatlari badallari hamda Jo Bayden ma’muriyati davrida ajratilgan AQSHning Harbiy moliyalashtirish dasturi (FMF) mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
Idoradaning ma’lum qilishicha, bitimni amalga oshirish uchun Ukrainaga AQSH hukumati vakillarini yoki Amerika pudratchilarini yuborish talab etilmaydi. Davlat departamenti baholashicha, kutilayotgan sotuv mintaqadagi mavjud harbiy muvozanatni o‘zgartirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp ma’muriyati Isroilga qiymati 2,8 milliard dollar bo‘lgan harbiy o‘q-dorilar to‘plamini sotishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi