Uxandagi shifoxonalarda koronavirusdan davolanayotgan birorta ham bemor qolmadi

Olam

image

Koronavirusdan davolangan oxirgi uch nafar bemor Uxandagi shifoxonadan chiqarildi. Bu haqda shahar sog‘liqni saqlash qo‘mitasi xabar bermoqda.

3 iyun kuni, oxirgi uch nafar bemorda COVID-19 uchun topshirilgan testlarning ikkitasi salbiy bo‘lib chiqdi: harorat me’yorida edi, simptomlar yo‘qolgandi. Ertasi kuni shifokorlar bemorlarga javob berishga qaror qildi.

"Shu ma’noda Uxandagi shifoxonalarda koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlar qolmadi", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, 1 iyunga qadar o‘rta xavfli zona deb tan olingan Dunsixu hududida 14 kun ichida yangi yuqtirish holatlari aniqlanmadi. Shuning uchun 2 iyundan boshlab epidemiologik tahdid darajasi o‘rtacha darajadan pastga tushirildi.

Endi Uxanning barcha shahar va tumanlarida xavf darajasi quyiga tushirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Uxan'

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing