Xitoyning Uxanida vabo aniqlandi
Olam
−
11 iyul 2022 19481 1 daqiqa
Xitoylik epidemiologlar Uxan universitetida bir odam vabo kasalligiga chalingani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Bu haqda bugun, 11 iyul kuni Uchan shahar tuman sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, serologik tahlil ushbu infeksiya bilan kasallanish holatini tasdiqlagan. Bemorning asosiy belgilari ich ketishi va isitma bo‘lib, ayni vaqtda u davolanmoqda.
Kasallikning manbai hali topilmagan. Markaz mutaxassislari tomonidan universitet binolari dezinfeksiya qilingan.
Uxanda vabo aniqlangani haqida dastlab kecha, 10 iyul kuni “Tyanmu sinven” axborot portali xabar tarqatgandi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, bemor Uxan universitetining muhandislik fakulteti yotoqxonasida aniqlangan. Binoda yashagan barcha talabalar testdan o‘tkazish uchun yuborilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr