Koronavirus “o‘chog‘i” Uxanda yana kasallik aniqlana boshladi
Olam
−
03 avgust 2021
8283Xitoyning Uxan shahrida koronavirusning bir nechta yangi holatlari qayd etildi. Shundan so‘ng, mamlakat rasmiylari shaharning butun 11 million aholisini COVID-19 uchun ommaviy sinovdan o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda shahar ma’muriyati bayonotida aytilgan.
Kecha, 2 avgust kuni ertalab shaharda uchta tasdiqlangan infeksiya holati va beshta koronavirusning alomatsiz tashuvchisi aniqlangan. Uxandagi ko‘chalardan biri epidemiologik xavfi o‘rtacha bo‘lgan hudud deb e’lon qilingan, u yerda karantin choralari joriy etilgan.
Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon 50 399 ta koronavirus holati qayd etilgan, 46 512 kishi tuzalgan, 3 869 kishi vafot etgan.
Qat’iy karantin choralari tufayli Xitoy koronavirus infeksiyasi mamlakat bo‘ylab tarqalishini tez va samarali nazorat qila oldi. Uzoq vaqt davomida XXRda mahalliy infeksiya holatlari deyarli yo‘q edi, aniqlangan barcha holatlar asosan chet eldan olib kelingan.
Avvalroq, AQSHning Respublikachilar partiyasi COVID-19 Xitoyning Uxan virusologiya instituti laboratoriyasida ishlab chiqilganini isbotlovchi hisobot taqdim etgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangandi.
LiveBarchasi