Koronavirus o‘chog‘i Uxan bilan Toshkent o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat
−
05 avgust 2021
9010Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxan va Toshkent o‘rtasida yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Russian people” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28 iyul kuni Xitoyning Uxan shahridan birinchi yuk poyezdi Toshkentga yo‘lgan chiqqan. Poyezd Shinjon uyg‘ur avtonom rayoni Xorgos temir yo‘l postidan o‘tadi va 12 kun ichida Toshkentga yetib keladi.
Xabarga ko‘ra, poyezdda umumiy og‘irligi 600 tonnadan ortiq bo‘lgan bolalar aravachalari, paxta tolasidan tayyorlangan iplar, poyabzal buyoqlari, maishiy texnika, konditsionerlar uchun butlovchi qismlar, mato va boshqa iste’mol mollari o‘rin olgan.
China Railway Modern Logistics Technology Co logistika kompaniyasi xodimining ta’kidlashicha, ushbu to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l loyihasining ishga tushirilishi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida sanoat mollari almashinuvini oshishiga va shubhasiz, transport xarajatlari va tovarlarni yetkazib berish bilan bog‘liq vaqtning qisqarishiga xizmat qiladi
LiveBarchasi