Uxandagi 15 foiz mushukda koronavirus aniqlandi

Olam

image

Xitoyning Uxan virusologiya instituti va Xuachjun qishloq xo‘jaligi universiteti olimlari 15 foiz mushukda COVID-19 koronavirusini aniqlashdi. Ularning tibbiy xulosasi bugun, 4 aprel kuni bioRxiv ilmiy elektron kutubxonasida e’lon qilindi.

Olimlar tadqiqot davomida Uxanning turli hududlarida joylashgan hayvonlarni saqlash joylariga tashrif buyurdi. Ular 102 ta uy va daydi mushuk qonidan namuna olishdi.

“Qo‘lga kiritgan ma’lumotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, Uxanda koronavirus cho‘qqiga chiqqan payt, COVID-19 mushuklarni zararlagan. Olib borgan tadqiqotlarimiz shunga dalil qilmoqda-ki, koronavirus keng tarqalgan hududlarda infeksiya mushuklarga ham yuqishi mumkin ekan”, deyiladi tadqiqot bayonotida.

Mutaxassislarning fikricha, virus bir jonivordan ikkinchi jonivorga havo-tomchilari orqali yuqadi. Ammo mushuklar odamlarga ham virusni yuqtirishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Bu holat hali shu vaqtgacha kuzatilmagan.

Olimlar hozircha daydi mushuklar qanday qilib infeksiya yuqtirib olganini aniqlay olmayapti. Taxminlarga ko‘ra, virus jonivorlarga odamlar orqali yoki turli buyumlarning sirtqi qismidan yuqqan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Uxan'

Baholaganlar

463

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing