O‘quvchilarni maktabdan maktabga o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i 2020 yilning 10 fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi.

Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1028-son “Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Buyruq nodavlat umumta’lim tashkilotidan o‘qishini davlat umumta’lim muassasasiga ko‘chirishga oid talablarni belgilab berdi.

Hujjatga ko‘ra, nodavlat umumta’lim tashkilotidan o‘qishini davlat umumta’lim muassasasiga ko‘chirgan o‘quvchilarning ota-onalari o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga ta’lim oluvchilar safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘qiganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda ta’lim oluvchining baholar (o‘zlashtirish) tabelini taqdim etilishi nazarda tutiladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'quvchi

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing