O‘quvchilarning maktabda bo‘lish vaqti Face ID orqali nazorat qilinadi
Jamiyat
−
06 may 2021
5513Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Ichki ishlar vazirligi va xalq ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma hay’at majlisida o‘quvchilarni maktabda bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinishi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘quvchilarni nazorat qilish va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida maktablarda Face ID tizimini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida sinf xonalariga ovozli kameralar o‘rnatish va ularni ichki ishlar organlari hamda profilaktika inspektorlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Qo‘shma hay’at majlisining yakunida viloyat boshqarmalari rahbarlarining takliflari tinglandi. May oyi o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida dolzarb oy sifatida belgilandi. Ichki ishlar vaziri tomonidan yangi o‘quv yili boshlangunga qadar 3-sektorda ichki ishlar bo‘limlariga biriktirilgan 220 ga yaqin maktablarda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish, yo‘l harakati xavfsizligi va huquqbuzarliklar profilaktikasi xonalarini tashkil etish, maktablar yaqinidagi yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va piyodalar o‘tish joylarini ishchi holatda ekanini nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr