O‘qituvchini kaltaklagan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi
3-sahifa
−
16 fevral
11983Bir necha kun oldin Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda fuqaro dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirib, o‘qituvchini haqorat qilgani va unga qo‘l ko‘targani haqida xabar bergan edik. Muallimani shapaloqlagan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlariga ko‘ra ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Sudga viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi tomonidan berilgan psixiatrik ekspertiza xulosasi taqdim etilgan. Ushbu ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro G.X. aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan hamda huquqbuzarlikni sodir etgan vaqtda o‘z harakatlariga javob bera olmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sud fuqaro G.X.ning umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi yuzasidan hukm chiqargan va ayol shifoxonaga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq pedagogga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun u kechirim so‘rab chiqqan edi.
LiveBarchasi