O‘qituvchilar uchun majburiy bir oylik kurslar bekor qilinadi (video)
Jamiyat
−
15:54 397 1 daqiqa
O‘zbekistonda pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Zamon o‘zgaryapti. Bolalarning qiziqishi, dunyoqarashi, axborot olish xususiyati ham o‘zgaryapti. Kecha samara bergan dars usuli bugun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab muallimning muntazam o‘qishi va o‘z ustida ishlashi zarur”, deydi Prezident o‘qituvchilarning malakasi haqida.
Pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinadi. Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi.
Muallim toifa sinovidagi natijasiga qarab, 18 soatdan 72 soatgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Kursni va malaka oshirish joyini o‘zi tanlaydi.
Davlat rahbari bu o‘zgarish malaka oshirishni rasmiyatchilikdan amaliy ehtiyojga aylantirishi kerakligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi