O‘qituvchilarning maoshi sezilarli o‘sadi – Temurjon Komilov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning maoshi sezilarli o‘sadi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temurjon Komilov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yaqin yillarga qadar o‘qituvchining oyligi juda kam bo‘lib, uning obro‘si ham tushib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan bugun bu manzara ijobiy tomonga o‘zgargan.

Ta’kidlanishicha, 2016 yilda birinchi toifali o‘qituvchi 980 ming so‘m, direktor jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan rag‘batlantiruvchi mukofot bilan qo‘shganda esa qo‘liga 1 million 200 ming so‘mga yaqin pul olar edi. Joriy yildan bu toifadagi o‘qituvchilar soliqlardan tashqari 2 million 600 ming so‘m atrofida oylik olmoqda.

Prezidentning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda oldindan rejalashtirilgan tartibga ko‘ra, o‘qituvchilarning oylik maoshida sezilarli o‘sish bo‘ladi. Endilikda oliy toifali o‘qituvchilar mehnatiga yarasha 3 million 200 ming so‘m oylik maosh olishi belgilanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maosh o'qituvchi Temurjon Komilov

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing