O‘qituvchi chet ellik firibgarga 165 mln so‘mni berib yubordi
Jamiyat
−
23 dekabr 2019
6181Nukusda maktab o‘qituvchisi bo‘lgan ayol internetdan orttirgan firibgar tanishiga 165 mln so‘mni qo‘sh qo‘llab berib yubordi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.
O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan G.P. internet tarmog‘i orqali “Mark Robert” ismli shaxs bilan tanishib qolgan. Notanish shaxs unga AQSHda joylashgan nufuzli kompaniyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da bergan.
Sodda va ishonuvchan ayol iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yo‘lkira va boshqa “xarajatlar” uchun jami 165 million 323 ming so‘m pul mablag‘ini xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga o‘tkazib yuborgan. Tabiiyki, firibgar shu kunga qadar bergan “va’da”sining ustidan chiqmagan.
Ayni paytda jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi