O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihon sanalari aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Davlat test markazi xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25 avgust kunlari o‘tkazilishi haqida xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tez orada  my.dtm.uz sayti orqali imtihonga kirish ruxsatnomasini ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada esa qayerda va qachon test topshirilishi yuzasidan ma’lumotlar keltiriladi. 

Imtihonlar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi. Kim qaysi hududni tanlagan bo‘lsa, o‘sha yerda test topshiradi. 

O‘qishni ko‘chirishda talaba o‘zi tanlagan yo‘nalishga mos 2 ta mutaxassislik fanidan imtihon topshiradi. Har bir fandan 30 ta, jami 60 ta savol beriladi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2 ta fanga jami 3 soat vaqt ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

DTM

Baholaganlar

559

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing