Sobiq Davlat test markazi direktor o‘rinbosari ishdan ketdi
Jamiyat
−
19 yanvar 2023
14048Sherzod Botirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Sherzod Botirov 2019 yil Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq Davlat test markazi) direktorining o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Uning o‘rniga bu lavozimga kim qo‘yilgani hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Davlat test markazi 2022 yilning 26 dekabr kuni tugatildi. Uning o‘rniga 2023 yil 1 yanvardan Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘z ishini boshladi.
LiveBarchasi