Qabul-2022: to‘lov qilmagan abituriyentlar uchun so‘nggi muddat belgilandi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan lekin to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bugun, 28 iyul kuni soat 18:00 ga qadar muddat berildi.

Qayd etish kerakki, test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

27 iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va ularning aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, kecha, 27 iyul kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon DTM

Baholaganlar

246

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing