Kimlar imtihon uchun to‘lovdan ozod qilinadi?
Jamiyat
−
23 iyun 2022
96822022 yilda nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotidagi, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov pulidan ozod qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yilda akademik litsey, kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari ham oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida test sinovlari uchun to‘lovlarni amalga oshirmaydi.
Bundan tashqari, ta’lim muassasasini oldingi yillar tamomlagan bo‘lsa ham ma’lum toifa bitiruvchilari test sinovlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi. Bular: nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotidagi, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan abituriyentlardir.
Ma’lumot uchun, imtihon uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari, bugungi kunda 150 ming so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari Respublika maxsus komissiyasining alohida cheklovlari bo‘lmasa, yopiq binolarda o‘tkaziladi.
LiveBarchasi